Las-Vegasdagi musiqiy festivalda ro‘y bergan otishma qurbonlari soni 58 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: ABCNews

Las-Vegas sherifi Jo Lombardoga ko‘ra, shifoxonaga yetkazilganlar soni 515 kishiga yetdi.

Oldinroq 50 nafar qurbon haqida ma’lum qilingan edi.

Otishma uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.