Las-Vegas sherifi konsertdagi hujum oqibatida 20 dan ziyod odam halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
100 dan ziyod odam tan jarohati olgan. Halok bo‘lganlar orasida konsertda tomoshabin sifatida qatnashayotgan politsiya zobitlari ham bor.
Otishma vaqtida yo‘q qilingan hujum qilgan shaxs Las-Vegasda istiqomat qiluvchi erkak bo‘lgan. U “Mandalay Bey” kazinosining 32-qavatida bo‘lgan. Politsiya uning Merilu Denli ismli tanishini qidirmoqda.
Hujum “Mandalay Bey” kazinosi oldida bo‘lib o‘tayotgan kantri-festival vaqtida yuz bergan. Otishma sabab Las-Vegasning markaziy xiyoboni yopilgan, shahar aeroportida parvozlar to‘xtatilgan.
Izoh (0)