Italiya poytaxti — Rimdan bir necha o‘n kilometr narida joylashgan Velletri shahrida gaz portlashi oqibatida turar-joy binosi qulab tushdi. Uch kishi jarohat olgan. Bu haqda La Repubblica’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga turar-joy binosining ikkinchi qavatidagi gaz baloni sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Portlash oqibatida bir kishi kuyib qolgan, yana ikki kishi turli tan jarohati olgan.
Voqea joyiga avtonarvoni mavjud o‘t o‘chiruvchilar mashinasi yetib kelgan. O‘t o‘chiruvchilar jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatib, ularni shifokorlar qo‘liga topshirgan.
Izoh (0)