2-oktabrga o‘tar kechasi Fransiyaning shimoli-sharqida joylashgan Myuluz shahridagi turar-joy binolaridan birida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, yana sakkiz kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy yong‘in xavfsizligi xizmatiga asoslanib BFMTV telekanali ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Noxush hodisa shahardagi turar-joy binolaridan birida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in yarim tunda, bino zinapoyasida paydo bo‘lgan. Yong‘inni voqea joyiga yetib kelgan 50 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlarning besh nafarini ahvoli og‘ir. Figaro gazetasining yozishicha, barcha jabrlanganlar mahalliy shifoxonaga joylashtirilgan.
Izoh (0)