Puerto-Riko poytaxti — San-Xuan meri Karmen Kruz AQSh prezidenti Donald Trampdan “orol aholisini o‘limdan qutqarish”ni so‘radi, deb yozadi “Kommersant”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlarga federal ko‘mak yetarlicha samarali tarzda ko‘rsatilmayapti. “San-Xuan meri va Puerto-Rikodagi boshqalar juda yomon yetakchilik qobiliyatini ko‘rsatdi, ular o‘z xodimlarini yordam berishga majbur qila olmaydi”, — deb yozdi Tramp o‘z Twitter’ida bunga javoban.
Kruz esa Amerika prezidentini gumanitar falokatni siyosiy muhokamalarga aylantirib yuborishda aybladi. “Mening yagona maqsadim odamlar hayotini saqlab qolish, buning uchun imkoniyatga ega bo‘lish yo‘lida mumkin bo‘lgan barcha narsani qilaman va gapiraman”, — dedi u.
Izoh (0)