Meksikada 19-sentabr kuni yuz bergan zilzilaning yana besh nafar qurbonlarining jasadlari vayronalar ostidan topildi, deb yozadi “Kommersant”. Shu tariqa, halok bo‘lganlarning umumiy soni 360 kishiga yetdi.
“Mexiko shahrida 219 kishi, Morelos shtatida 74 kishi, Puebleda — 45, Mexiko shtatida — 13, Gerreroda — olti, Oaxakada — bir kishi”, — deb yozdi mamlakat fuqarolar himoyasi kuchlari koordinatori Luis Felipe Puente Twitter’da.
7,1 magnitudali zilzila Meksika poytaxti Mexiko yaqinida 19-sentabrda yuz bergandi.
Izoh (0)