Iroq Kurdistoni parlamenti Iroq hukumatining Kurd muxtoriyati mustaqilligi haqidagi referendum masalasi bo‘yicha barcha rezolyutsiyalarini bir ovozdan rad etdi, deb yozadi “Kommersant”.
Nashr eslatishicha, Kurdiston mustaqilligi haqidagi referendumning dastlabki natijalariga ko‘ra, ajralib chiqishni yoqlab saylovga kelganlarning 93 foizdan ko‘prog‘i ovoz berdi. Saylovda saylovchilarning 77 foizi qatnashdi. Mintaqadagi davlatlarning deyarli barchasi referendumga qarshi chiqdi. Ayniqsa qat’iy pozitsiyani Bag‘doddagi markaziy hukumat egalladi, ovoz berishni noqonuniy va konstitutsiyaga zid deb e’lon qildi.
Izoh (0)