Polsha mudofaa vaziri Antoniy Matserevich Wpolytice nashriga bergan intervyusida Polshaga o‘z hududida himoya uchun ko‘proq Amerika harbiylari kerak ekanligini aytdi, deb yozadi “Kommersant”.
“Polshaning mudofaa zaruriyati nuqtai nazaridan, aniq ikkitadan ko‘proq diviziya kerak”, — dedi u.
Ammo Matserevich uning gaplari bu aniq raqamlar ekanligini anglatmasligini aytdi. Bundan tashqari, vazir Polsha armiya uchun xarajatlarni oshirishi haqidagi xabarlarni izohladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mablag‘lar “tahdidlarga qarshi turish” uchun zarur.
Izoh (0)