AQShning Metropolitan Transportation Authority (MTA) transport kompaniyasi e’lon qilgan yangi videoda reklama translyatsiyasi uchun raqamli ekranlar o‘rnatilganidan so‘ng Nyu-Yorkdagi metro va avtobus bekatlari qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi namoyish etildi. Rolik kompaniyaning YouTube’dagi kanalida chop etildi.
Loyiha shahar transport tizimini yangilash tadbirlarining bir qismi hisoblanadi.
Poyezdlarda, bekat platformalarida, yer osti o‘tishlarida, shuningdek, shahar cheti temir yo‘llarida 50 mingta displey o‘rnatiladi. Reklamadan tashqari, ekranlar transportning kelish vaqtini ko‘rsatib turadi.
Izoh (0)