Google korporatsiyasi 27-sentabr kuni o‘zining 19 yoshini nishonlamoqda, deb yozadi Meduza. Ushbu voqea munosabati bilan qidiruv tizimiga “Ilon” o‘yinini o‘ynash imkoniyati qo‘shildi.
O‘yin qidiruv natijalarida paydo bo‘lishi uchun, qidiruv satriga “zmeyka” yoki “snake” deb yozish kifoya.
Veb-versiyada ilon klaviaturadan, mobil versiyada esa — svayplar bilan boshqariladi.
Shuningdek, o‘zining 19 yilligiga atab, Google “Mo‘jizalar maydoni”dagi kabi aylanuvchi barabanli bayram dudlini qo‘shdi. Sovg‘alar o‘rniga unga turli “pasxa tuxumlari” joylashtirilgan bo‘lib, hayvonlar ovozlarini eshitib ko‘rish yoki dudllarga yashirilgan o‘yinlarni o‘ynash imkoniyatlari bor.
Izoh (0)