Rossiyaning “Kalashnikov” konserni bir kishini havoda bir necha metr balandlikda olib yurishi mumkin bo‘lgan uchuvchi qurilma konseptini taqdim etdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Konsern ishlanmasi texnik xususiyatlarini ma’lum qilmadi, biroq videodan mashina 8 ta propeller bilan jihozlangani va u yotiq burchak o‘zgarishi hisobiga harakatlanishini ko‘rish mumkin.
Bunday qurilmalar birinchi bor namoyish etilayotgani yo‘q. AQShning Hoversurf kompaniyasi bir necha yildan beri seriyali uchuvchi motobayklarni yaratish ustida ishlamoqda. 2016-yilda esa ixtirochi Kolin Fyorz o‘z uyida uchuvchi mototsikl tayyorlagandi.
Izoh (0)