Sentabrda Yangi Zelandiyaning 2degrees operatorining eski tugmali telefondan foydalanuvchi abonentlariga telefonlarini almashtirish so‘rovi bilan xabarnomalar kela boshladi, deb yozadi TJournal. Agar ular shunday qilmasa, 2018-yil bahorida ularning eski telefonlari shunchaki befoyda bo‘lib qoladi: kompaniya 4G’ni rivojlantirish foydasiga 2G-tarmoqlardan voz kechadi.
2degrees’ning qarori umumiy trendning bir qismiga aylandi: butun dunyo bo‘ylab operatorlar eskirgan standartdan voz kechmoqda, shu tufayli eski telefonlardan endi qo‘ng‘iroq qilish va SMS yozish mumkin bo‘lmaydi. Ammo Rossiyada hozircha hech kim 2G’ni o‘chirmoqchi emas, deyiladi xabarda.
Eski standartlardan birinchi bo‘lib yaponlar voz kechishni boshladi. 2008-yilda boshlab, to‘rt yildan keyin Yaponiya 2G-tarmoqlar qo‘llab-quvvatlanmaydigan birinchi mamlakatga aylandi. O‘n yil ichida texnologiya Buyuk Britaniya, Tailand, Kanada, Niderlandiya va boshqa mamlakatlarda bir necha o‘nlab operatorlar tomonidan o‘chirib qo‘yildi.
Izoh (0)