Turkiyaning Ag‘ri viloyatida Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari bilan to‘qnashuvda ikki harbiy xizmatchi hamda mahalliy xavfsizlik xizmatining ikki xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda, viloyat hokimi Sulaymon Elbaniga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, xavfsizlik xizmatining yana sakkiz xodimi turli darajadagi jarohatlar olgan.
Kurd jangarilariga qarshi operatsiya viloyatning Do‘g‘uboyazid tumanida o‘tkazilayotgan edi. Kurd isyonchilari afg‘onistonlik qochqinlarga hujum qilbi, uch muhojirni o‘ldirgani, yetti nafarini yaralaganidan so‘ng operatsiya boshlandi.
Izoh (0)