Fotogalereya: Rossiyadagi stadionlar JCh—2018 ga qanchalik tayyor?
Rossiya 2018-yilning yozida bo‘lib o‘tadigan har to‘rt yillikning eng yirik futbol musobaqasi — Jahon Chempionatiga hozirlik ko‘rmoqda.
Xalqaro futbol uyushmasi FIFA mundial o‘yinlarini qabul qiluvchi stadionlar JChga qanchalik tayyor degan savolni o‘rtaga qo‘yib, stadionlardan rasmlar taqdim etdi. Bunda ba’zi stadionlar futbol uchrashuvlariga to‘liq tayyorlangan bo‘lsa, ba’zilarida qurilish ishlari yil yakuniga qadar tugatilishi aytib o‘tilgan.
“Lujniki” stadioni (Moskva)
Foto: FIFA
Foto: FIFAStadion rekonstruksiyadan chiqib ulgurdi. “Lujniki” tez orada ilk rasmiy o‘yinni o‘tkazadi.
“Yekaterinburg Arena” (Yekaterinburg)
Foto: FIFA
Foto: FIFAStadionning ichki ko‘rinishi futbol o‘yini o‘tkazish uchun to‘la tayyor qilingan. Uning atrofida esa tez orada yakuniga yetishi kutilayotgan pardozlar ishlari qolgan.
“Samara Arena” (Samara)
Foto: FIFA
Foto: FIFABu yerda qurilish yakuniga yetmagan. Agar rejadan chiqib ketilmasa, Samaradagi chiroyli arena yil yakuniga qadar foydalanish uchun topshiriladi.
“Volgograd Arena” (Volgograd)
Foto: FIFA
Foto: FIFAStadion tashqi ko‘rinishini yasatish uchun ish jadallik bilan davom etmoqda. FIFA ma’lumotiga ko‘ra, ichki qism to‘la tayyor.
“Nijniy Novgorod” stadioni (Nijniy Novgorod)
Foto: FIFA
Foto: FIFABu yerda qurilish ishlari hali ham davom etmoqda. Stadionga yangi o‘rindiqlar o‘rnatib chiqilayotgan bo‘lib, uning maysasini parvarishlash birinchi darajaga chiqqan.
“Rostov Arena” (Rostov)
Foto: FIFA
Foto: FIFAUy uchrashuvlarini qabul qilish uchun tayyor stadion. Uning ustki qismi “Bunyodkor”ni eslatib yuboradi.
“Kaliningrad” stadioni (Kaliningrad)
Foto: FIFA
Foto: FIFAMazkur stadionda bemalol o‘yin o‘tkazish imkoniyati mavjud.
“Mordoviya Arena” (Saransk)
Foto: FIFA
Foto: FIFA
Rejaga ko‘ra, stadionlar ichida eng oxirgi bo‘lib mana shunisi ishga tushadi.
Izoh (0)