O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-sentabr kuni imzolagan qarorga binoan qator tovarlarning import boji va aksiz soliqlari pasaytiriladi. Yangi stavkalar 1-oktabrdan kuchga kiradi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Stavkalarning qayta ko‘rib chiqilishi aholining ehtiyojini qondirish hamda ichki bozorda narxlarning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga zarur asbob-uskuna va butlovchi qismlar, xomashyo va materiallar olib kirishda qulay sharoit yaratib berishga xizmat qiladi.
Jumladan, neft va neft mahsulotlari, yirik va mayda shoxli hayvonlar, yirik va maydo shoxli hayvonlar go‘shti, baliq mahsulotlari, sut, kartoshka, yormalar, un va boshqa tovarlar uchun import boji bekor qilindi.
Bundan tashqari, ko‘p pozitsiyalar bo‘yicha bojlar va aksiz soliqlari pasaytirildi.
Izoh (0)