Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumanida paxta terimchilari o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqada birinchi o‘rinni bir kunda 313 kilogramm paxta tergan Dilnora Amanbayeva egalladi va u noutbuk bilan taqdirlandi, deb xabar berdi “KRuz.uz”.
301 kilogramm paxta terib ikkinchi o‘rinni egallagan Ra’no Kushanova va 289 kilogramm paxta terib uchinchi bo‘lgan Mavluda Maxsudova mini pech bilan taqdirlandi.
Sovrinlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev va Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yo‘ldoshev topshirdi.
Izoh (0)