Xalq deputatlari Pop tuman kengashi navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Tumanni 2016-yil noyabridan beri boshqarib kelgan O‘ktamjon Ergashev o‘z arizasiga muvofiq lavozimidan ozod etildi.
Viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan A’zamjon Sultonov Pop tumani hokimi etib tayinlandi.
U 2012—2017-yillarda Norin tumani hokimi bo‘lgandi.
Izoh (0)