Vazirlar Mahkamasining 27-sentabrdagi qarori bilan Moddiy-texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibi tog‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb yozadi Norma.
Tuzatishlarga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi va uning idoraviy mansub muassislari davlat strategik zaxirasi resurslarini to‘ldirish va yangilash uchun avtomobil benzini, aviakerosin va dizel yoqilg‘isini “O‘zneftmahsulot” AJning neftni qayta ishlash zavodlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan narxlar bo‘yicha sotib oladi.
Neft bazalari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi uchun dizel yoqilg‘isi qishloq xo‘jaligi iste’molchilariga transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisobga olingan holda belgilangan chakana narxlar bo‘yicha, yetkazib berilgan resurslar haqi 60 kun mobaynida to‘liq to‘lanishi sharti bilan, 60 foiz haqi oldindan to‘langan holda sotiladi.
Izoh (0)