Moskvada dunyodagi eng yirik videokuzatuv tizimlaridan biri ishga tushirildi. Butun shahar bo‘ylab yuz tanish tizimi ishlayotgan bo‘lib, u xavfli shaxslarni aniqlashga xizmat qiladi. Bu haqda, Bloomberg agentligiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, yuz tanish funksiyasi onlayn rejimida ishlaydi, shaxsni tanish jarayoni esa bir necha sekund vaqt oladi. Algoritm surati ma’lumotlar bazasiga yuklangan shaxsni aniqlagan taqdirda u huquq-tartibot organlariga tegishli xabarnoma yo‘llaydi.
“Videotahlilning joriy etilishi xusuisy va shahar videokuzatuv tizimlari samaradorligini oshirishga turtki bo‘ladi. Shahar aholisi uchun qo‘shimcha himoya darajasi paydo bo‘ldi. Albatta, bu imkoniyatlar juda katta javobgarlik talab etadi”, — dedi Moskva axborot texnologiyalari departamenti rahbari Artyom Yermolayev, bu yangilikka izoh berarkan.
Izoh (0)