Bengaliya ko‘rfazida qayiq halokatga uchradi. Unda ketayotgan roxinja musulmonlarining 13 nafari halok bo‘ldi, shulardan sakkiz nafari bolalardir. Bu haqda, Xalqaro migratsiya tashkilotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Tashkilot axborotiga ko‘ra, kema bortida 120 kishi bor edi. Hozirga qadar 30 kishi qutqarib olindi.
Ayni paytda roxinja musulmonlari Myanmaning Rakxayn viloyatini turli yo‘llar bilan tark etishda davom etmoqda.
Izoh (0)