Suriya tomonidan mamlakat hududida halok bo‘lgan rossiyalik oliy martabali harbiy xizmatchi, general-leytenant Valeriy Asapovning o‘ldirilishi yuzasidan o‘tkazilgan taftish terrorchilarga noqonuniy axborot yetkazilganini tasdiqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Dayr az-Zavrda general Asapovning halokati yuzasidan o‘tkazilgan dastlabki tekshiruv natijalari uning joylashuvi haqidagi axborot terrorchilarga yetkazilgani bilan bog‘liq versiyani tasdiqladi”, — deyiladi bayonotda.
Aytilishicha, axborot sizishi oqibatida general joylashgan yer terrorchilarga ma’lum bo‘lgan va ular hujum tashkil etishga muvaffaq bo‘lgan.
Tergov davom etmoqda.
Valeriy Asapov 25-sentabr kuni IShID jangarilari tomonidan minomyotdan o‘q yog‘dirilishi natijasida halok bo‘lgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)