Janubiy Koreya prokuraturasi mamlakatning sobiq prezidenti Pak Kin Xe hibsda saqlab turilishi muddatini uzaytirishni so‘rab, sudga murojaat qildi. Bu haqda muassasa 26-sentabr, seshanba kuni tarqatgan bayonotda ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”.
Yarim yilga berilgan avvalgi hibs uchun order muddati 16-oktabrda yakuniga yetadi. Prokuratura o‘z so‘rovini ajratilgan vaqt mobaynida korrupsiya va hokimiyatni suiiste’mol qilish ishi bo‘yicha barcha guvohlarni so‘roq qilishga ulgurmayotgani bilan izohladi.
“Ayblanuvchi barcha ayblarni rad etayotgani sababli dalil-isbotlarni o‘rganishda davom etish zarur”, — deyiladi hujjatda.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xe shu yil 31-mart kuni qamoqqa olingan va tergov hibsxonasiga joylashtirilgandi.
Izoh (0)