Shvetsiya markaziy qismida joylashgan Erebru shahridagi masjid 26-sentabr, seshanba kuni kuchli yong‘indan zarar ko‘rdi. Bu haqda SVT telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Binoning bir qismi to‘liq yonib ketgan. Politsiya hodisaga o‘t qo‘yish sabab bo‘lgan deb hisoblamoqda.
Jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmadi.
Masjid 2007-yilda qurilgan. Unga har oy mingga yaqin odam tashrif buyuradi.
Izoh (0)