Meksika poytaxtida qutqaruvchilar vayronalar ostidan yana bir qancha tanalarni chiqarib oldi. Shu tariqa, zilzila qurbonlari soni 331 kishiga yetdi, deb xabar beradi “TASS”.
Bu borada mamlakat fuqarolik mudofaa kuchlari milliy koordinatori Luis Felipe Puyente Twitter’dagi sahifasi orqali bayonot tarqatdi.
Ilgariroq halok bo‘lganlar soni 325 kishiga yetgani bildirilgan edi.
Aytilishicha, 192 kishi Mexiko shahrida, 74 kishi Morelos shtatida, 45 kishi Puebla shtatida, 13 kishi Mexiko shtatida, olti kishi Gerreroda, bir kishi Oaxakada halok bo‘lgan.
Bundan tashqari, 400 ga yaqin odam jabrlangan bo‘lib, ularning 60 ga yaqini og‘ir ahvolda.
Izoh (0)