25-sentabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Dollar kursi 10,52 so‘mga tushdi. O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi hafta pastlamoqda.
2. Qo‘lda terilgan paxtaning 1 kilogrammi uchun 1-oktabrdan boshlab 500 so‘m to‘lanadi. Hozirda qo‘lda terilgan 1 kilogramm paxta uchun 450 so‘mgacha to‘lanmoqda.
3. O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklariga xorijiy valyutada kredit olgan mijozlarning imkoniyatlarini o‘rganib chiqishni tavsiya qildi. Bu tavsiyalar valyuta siyosatini liberallashtirish natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlarni yumshatish maqsadida berilmoqda.
4. Shimoliy vokzal yaqinidagi yangi ko‘prikdan fotoreportaj. Yo‘l o‘tkazgich yaqin kunlar ichida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
5. Samarqandga kuyov bo‘lgan britaniyalik lord O‘zbekiston Senatida Sodiq Safoyev bilan uchrashdi. Lord Shayx shunchaki lord emas, u baron ham!
Izoh (0)