Meksikada ro‘y bergan shiddatli zilzila qurbonlari soni 324 kishiga yetdi. Bu haqda fuqarolik mudofaasi xizmati milliy koordinatori Luis Felipe Puente bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Muqaddam qurbonlar soni 318 kishini tashkil etgani bildirilgan edi.
Puente tomonidan Twitter’da joylashtirilgan ro‘yxatga ko‘ra, poytaxt Mexikoda yana olti qurbon qayd qilingan.
Meksika milliy seysmologiya xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, yer osti silkinishlarining epimarkazi poytaxtdan 111 kilometr janubda, Axochyapan (Morelos shtati) aholi punktidan 12 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Uning o‘chog‘i 57 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Izoh (0)