“Rostex” davlat korporatsiyasi O‘zbekistonga dori vositalari va tibbiy buyumlarni eksport qilishni boshlamoqchi. Tegishli memorandum “Rostex” tarkibiga kiruvchi “Milliy immunobiologiya kompaniyasi” va “O‘zmedeksport” Respublika tashqi iqtisodiy davlat korxonasi o‘rtasida imzolandi, deb yozadi “Review.uz”.
Hamkorlik doirasida “Milliy immunobiologiya kompaniyasi” va “O‘zmedeksport” eksport bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlaydi, birlamchi loyihalarni ishlab chiqadi hamda innovatsion texnologiyalar va mahsulotlarni joriy qilish uchun sharoitlarni yaratadi.
Izoh (0)