Nyu-Yorkda bo‘lib turgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT bosh qarorgohida Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Yusuf bin Ahmad al-Usaymin bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muzokaralarda O‘zbekiston va IHT o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Yusuf bin Ahmad al-Usaymin O‘zbekistonning 2016—2017-yillarda IHTga a’o davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi muvaffaqiyatli raisligini ta’kidlar ekan, mazkur davr ichida Islom ummasini birlashtirishda muhim ahamiyatga ega g‘oyalar ilgari surilgani va amalga oshirilganini qayd etdi.
IHT rahbari Samarqand shahrida Imom Buxoriy xalqaro tadqiqot markazini tashkil etishda yordam berishda tayyorligini izhor etdi.
Suhbat chog‘ida xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.
Izoh (0)