Internetda Sobiq ittifoq tomonidan yer ostida, ming metr chuqurlikda yadro bombasi portlatilgani aks etgan video paydo bo‘ldi, deb yozadi “Den Online”. Bunday xavfli chora Sobiq ittifoq tomonidan yer ostidagi konlarda yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirish uchun ko‘rilgan edi.
1966-yilgi videoda ulkan alanga ustuni dalaning o‘rtasida yerdan otilib chiqayotgani, O‘zbekistondagi O‘rtabuloq koni ishchilari esa olovni suv bilan o‘chirishga behuda urinayotganini ko‘rish mumkin.
Natijada yer osti yong‘inini o‘chirish uchun konni portlatish yo‘li bilan gaz manbasidan xalos bo‘lish maqsadida yadro bombalaridan birini u yerga yo‘naltirishga qaror qilishgan.
30 kilotonnalik yadro jangovar kallagi bir necha ming kilometr chuqurlikda portlatildi va 1963-yildan buyon to‘xtovsiz yonib kelgan alanga portlashdan keyin 23 soniya ichida deyarli to‘liq to‘xtadi.
Izoh (0)