AQSh KXDR rejimiga qarshi cheklov choralarini kuchaytirishda davom etadi. Bu haqda Donald Tramp Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bilan o‘tkazgan muzokaralari chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Biz Shimoliy Koreyaga qarshi yanada ko‘proq sanksiyalar joriy etamiz”, — dedi u.
O‘z navbatida, Oq Uy tarqatgan bayonotda moliya vaziri Stiven Mnuchin va AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli bu borada jurnalistlar bilan brifinglar o‘tkazishi ma’lum qilindi.
Izoh (0)