Bugun, 20-sentabr kuni Namangan viloyati Kosonsoy tumani hududida joylashgan “Kosonsoy” chegara-bojxona posti faoliyati qayta tiklandi, deb xabar beradi O‘zA.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda viloyat va tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qilish idoralari, milliy madaniy markazlar rahbarlari, faxriylar, yoshlar, jurnalistlar, shuningdek, Olabuqa tumani hokimi o‘rinbosari boshchiligida tashrif buyurgan qirg‘izistonlik mehmonlar ishtirok etdi.
Mehmonlar chegara postida o‘zbekona mehmondo‘stlik udumlariga binoan karnay-surnay sadolari ostida tantanali kutib olindi.
Marosimda o‘zbek va qirg‘iz xalqlarining tarixi umumiy, madaniy va diniy qadriyatlari mushtarak, an’ana va urf-odatlari o‘xshash ekani, xalqlarimiz o‘rtasidagi qadimiy do‘stlik, qardoshlik va ahil qo‘shnichilik munosabatlari keyingi vaqtlarda yangi bosqichga ko‘tarilgani ta’kidlandi.
Izoh (0)