• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Aleksandr Davletov: Soliq islohotlari davrida ehtimoliy budjet defitsiti qanday to‘ldiriladi?

    Valyuta yo‘nalishidagi islohotlardan keyin zaruriyati va pishib yetilganligi borasida, balki undan qolishmaydigan islohotlar soliq sohasidagi islohotlardir. Quvonarlisi, shu kungacha mazkur mavzu ekspertlar va mutaxassislar tomonidan bir necha bor OAV kun tartibiga olib chiqildi va bundan buyog‘iga ham toki evrilishlar faol jarayonga kirguncha turli ko‘rinishdagi fikrlar yangrashda davom etadi.

    Foto: UzReport

    Foto: UzReport

    Lekin bildirilayotgan taklif-u mulohazalar soliqlar soni, unga tortish prinsiplari, ularning yuklamasi, to‘g‘ri taqsimlanganligi va soliq ma’murchiligi bilangina cheklanib qolayotgandek. Albatta, bu juda muhim. Ammo soliq islohotlari paytida yuz beradigan soliq tushumi kamayishini nima bilan va qanday to‘ldirish haqida esa sukut saqlanayotgandek.

    Bugun qisqacha shu haqda gaplashamiz.

    Iqtisodiyotimizda Soliq yukining biz bilan bir – rivojlanayotgan toifadagi davlatlardagiga nisbatan ancha yuqori ekanligi ko‘pchilikka ma’lum. Soliq sohasidagi har qanday islohot avval boshdanoq soliq yukini kamaytirishni nazarda tutadi. Soliq yukini kamaytirish bilan birdaniga, ertagayoq iqtisodiyot rivojlanib, uning nofaol yoki yashirin sektorlari legallashib, soliq bazasi kengayib, soliq tushumlari ortib qolmaydi.

    Bunga vaqt kerak (yodingizda bo‘lsa, Xalqaro press-klubdagi uchrashuvda Moliya vaziri o‘rinbosari Mubinjon Mirzayev kichik biznes subyektlari uchun yagona ijtimoiy to‘lovning 25% dan 15% ga kamaytirilishi birdaniga mazkur majburiy to‘lov tushumini ko‘payishga xizmat qilmaganini tan olgandi). Toki soliq subyektlari yangi sharoitlarga ko‘nikkunga qadar, islohotlarning bardavomligiga to‘liq ishonch hosil qilinguncha soliq tushumlari kamayishi yuz beradi. Bu jarayon islohotlarning tez yoki bosqichma-bosqich o‘tkazilishi yoxud boshqa bu bilan uzviy bog‘liq islohotlarning amalga oshirilishiga qarab 6 oydan 2 yilgacha davom etishi mumkin. Budjet xarajatlari esa qachon islohotlar o‘z samarasini berib, tushumlar ko‘payishini kutib tura olmaydi. Muhim jihati shuki, buni islohotlar avvalida aholi va xo‘jalik subyektlariga ro‘y-rost, ochiq-oydin aytish, yetkazish kerak. Qanchalar og‘ir bo‘lmasin, islohotlar davrida ham Budjetni uzluksiz va muammosiz to‘ldirish kerak bo‘ladi. Bugungi tilda aytganda, davlat fuqarolar oldidagi o‘z vazifasini to‘la-to‘kis bajara olishi uchun budjet kafolatlangan bo‘lishi zarur. Xo‘sh nima qilmoq kerak, soliq tushumlari kamayishi va uning oqibatlaridan qo‘rqib islohotlarni keyinga – istiqboldagi eng yaxshi davrlargacha qoldirish lozimmi yoki islohotlar davrida byudjetni muvozanatlash va to‘ldirish uchun qo‘shimcha manbalarni izlab topsa bo‘ladimi?

    Islohotlar davrida yangi soliqlar joriy etmay turib budjetni muvozanatlash odatda asosan ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi:

    1. Xarajatlarni qisqartirish;
    2. Qo‘shimcha daromadlar topish.
    Xarajatlarni qisqartirish

    Har qanday Soliq islohoti Ma’muriy islohotlar bilan birgalikda yoki birin-ketin amalga oshiriladi. Chunki iqtisodiy pasayish yoki turg‘unlik sharoitining yuzaga kelishiga ko‘pincha davlat apparati va uning vakolatlarining haddan ziyod kengayib ketishi, Markaz va hududlarda vakolatlar taqsimotining aniq emasligi, buning oqibatida davlat xizmatlari sifatining pasayishi, byurokratiya va korrupsiyaning avj olishi, alal-oqibat soliqlar yukini ortib, ayni paytda ularning yig‘ilishini qiyinlashuviga sabab bo‘ladi. Ayni paytda davlat apparatini saqlab turish budjet xarajatlarining eng yuklamali va salmoqli qismini tashkil etadi. Yangi va yangi, ma’murchiligi murakkab bo‘lgan soliqlarning paydo bo‘lishi, samarasiz soliq imtiyozlari har doim davlat apparatining tinimsiz kengayib borishi sharoitida yuz beradi. Obrazli aytganda og‘ir soliq yuki va haddan ziyod kengayib ketgan davlat apparati siam egizaklari singaridir. Kuni kecha qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmon bu yo‘nalishdagi juda muhim hujjatdir. Ma’muriy islohotlar pirovardida jamiyat o‘zi uchun ixcham, kamxarajat, yuqori samarador va albatta, barcha bosqichlarda saylovchilar oldida hisobdor Davlat apparatiga ega bo‘lmog‘i lozim.

    Islohotlar davrida xarajatlarni qisqartirish borasidagi yana bir muhim yo‘nalish bu jamoat tartibi, xavfsizlik va mudofaa bilan bog‘liq budjet xarajatlaridir. Oldinga o‘tib aytish lozimki, bu masalada qaysi xarajatni qisqartirish-u, qaysi xarajatni maqbullashtirishni aytish mushkul. Zero mamlakatimizda mustaqil budjet tizimi shakllanibdiki, bu yo‘nalishdagi xarajatlar tarkibi va mundarijasi batafsil oshkor etilmaydi.

    Shakllangan qoidalarga ko‘ra, budjet tasdiqlanayotganda yoki uning ijrosi o‘rganilayotganda mazkur xarajatlar yo umumiylashtirilgan modda yoki boshqa xarajatlar umumiy ruknida qayd etiladi. Albatta, davlatchiligimiz endigina oyoqqa turib shakllana boshlagan ilk yillarda, ichki va tashqi dushmanlarimizdan ehtimoliy xavflar bartaraf etilmagan sharoitlarda bu tushunarli va hatto zaruriy holat edi. Fuqarolik jamiyati shakllana borar ekan, Prezident ta’biri bilan aytganda jamiyatimiz a’zolari savol berishni ham, javob olishni ham o‘rgana boshlashlari kerak. Budjetning har bir moddasi, uning mundarijasi bo‘yicha ochiqlik va shaffoflikni shakllantirmay turib, xarajatlar samaradorligini nazorat etib bo‘lmaydi. Masalan, Prezident tashabbusi bilan Ichki ishlar sohasida boshlangan islohotlar samarasini ham oxir-oqibatda sohani moliyalashtirish shaffofligi va ochiqligi belgilaydi. Qolganini zakiy o‘quvchi o‘zi davom ettirishi va tushunib olishi qiyin emas.

    Qo‘shimcha daromadlar topish

    Bir yoki bir nechta islohotlar uzluksiz yoki bir vaqtda o‘tkazilayotgan sharoitlarda budjet defitsitini noemission va inflyatsiya yaratmaydigan vositalarni qo‘llagan holda va tashqi qarzlarga murojaat etmasdan to‘ldirilishiga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Bu yerda istisno bo‘lishi mumkin emas.

    Soliq islohotlarini o‘tkazgan qator davlatlar tajribasini o‘rgansak, ularda islohotlar davrida budjetni to‘ldirishning eng keng tarqalgan uslubi sifatida xususiylashtirish jarayoni tanlanganini ko‘ramiz. Bizda ham mazkur uslub ma’lum muddatgacha qo‘l kelishi mumkin. Iqtisodiyotimizning qator tarmoqlari, xususan, qishloq xo‘jaligi (ayniqsa paxta va g‘allani birlamchi qayta ishlash), oziq-ovqat sanoati (yog‘-moy), neft-gaz va energetika, bank tizimi va transportda (temir va havo yo‘llari) davlatning ulushi haddan ziyod yuqori yoki to‘liq davlat tomonidan nazorat qilinadi. E’tiborli tomoni shundaki, bu sohalarda davlatning bilvosita ishtirokisiz ham yetarli darajada muvozanatlangan va raqobatli bozorni shakllantirish mumkin. Valyuta siyosati erkinlashuvi ortidan va umid qilayotganimiz — mulk huquqining kafolatlari mustahkamlanishi sharoitida mazkur jarayonga ustuvor ravishda xorijiy investorlarni jalb etish va xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar evaziga 2—3 yil davomida iqtisodiyotda soliq yukini minimumda ushlab turish mumkin bo‘ladi. Faqat buning uchun xususiylashtirish jarayoni hech bir investorlar toifasiga imtiyozlar qo‘llanilmasdan (u xoh ichki, xoh tashqi investor bo‘lsin, xoh sport, xoh san’atga homiy bo‘lsin), bozor prinsiplariga amal qilinib, o‘ta shaffof va transparent tarzda o‘tkazilishi lozim.

    Mustaqil davlatimizning soliqchilik tarixini o‘rganmoqchi bo‘lsak, u birinchi navbatda soliq imtiyozlari tarixi va silsilasidan iborat bo‘ladi. Soliq imtiyozlarimiz shu qadar ko‘pki, bundan o‘n yil avval qabul qilganimiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi va progressiv hujjat deya maqtanadiganmiz Soliq kodeksimiz ham soliq imtiyozlari majmuasidan iborat. Har qanday soliq imtiyozi bir soliq to‘lovchi toifasiga manfaat taqdim etish evaziga soliq yukini boshqa soliq to‘lovchi toifasi zimmasiga yuklashga, qayta taqsimlashga olib keladi, axir kimdir soliq to‘lashi kerakku. O‘tgan yillar davomida soliq imtiyozlarini taqdim etish shunchalar avj oldiki, biron loyihani boshlashdan avval investor soliq imtiyozini avval “undirib”, “tasdiqlatib olib” va keyingina loyihani amalga oshirishga kirishish odatiy holga aylandi. Qo‘shimchasiga bizning qonunchiligimizga ko‘ra imtiyozlardan bo‘shagan mablag‘lar aksar hollarda maqsadli ishlatilishi lozim, ya’ni bu jarayon ham alohida ma’murchilikni talab etadi. Shuningdek, bir muddat o‘tib, masalan, qaysidir investor “istalmagan”ga aylansa, soliq imtiyozlaridan “maqsadsiz” ishlatganligi aybi bilan masala mulkchilik huquqiga daxl qilishgacha yetib borishidan o‘sha investor sug‘urta qilinmagan. Xullas, mavjud soliq imtiyozlarining tanqidiy tartibdagi inventarizatsiyasi amalga oshirilishi va ularning yakka tartibdagi xususiyatga ega bo‘lganlari to‘liq bekor qilinishi kerak. Bu bir jihatdan islohotlar davrida qo‘shimcha budjet daromadlarini yaratsa, ikkinchi tarafdan ijtimoiy adolat prinsiplari doirasida faoliyat yurituvchi, turli yo‘llar bilan imtiyoz undirish ortidan emas, raqobatli bozordagi o‘rnini mustahkamlash to‘g‘risida qayg‘uruvchi intizomli soliq to‘lovchilar toifasini shakllantiradi.

    Islohotlar davrida (va umuman barqaror iqtisodiy vaziyatda ham) budjet defitsitini qoplashga imkon beruvchi qulay instrumentlardan yana biri ichki zayomlar va davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini chiqarish hisoblanadi. O‘zbekiston sharoitida sanalgan har ikki instrumentdan 90-yillarda ham nolinchi yillarda ham foydalanilgan, ya’niki tajriba bor va mavjud. Zayom va obligatsiyalar islohotlar o‘z samarasini bera boshlashi rejalangan, ya’ni budjet daromadlari ortishni boshlash muddatiga chiqariladi. Mazkur vositalarning qulayligi shundaki, ular nafaqat budjetni to‘ldirish vazifasini bajaradi, balki mamlakatda haligacha oyoqqa turmagan qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini ham jonlantirishi mumkin.

    Aleksandr Davletov

    20.09.2017, 16:47   Izoh (0)   8373
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Olot” chegara bojxona kompleksida hujjatlarda ko‘rsatilganidan ko‘ra ko‘proq kosmetika vositasi olib o‘tishga urinish holati fosh etildi

    20.09.2017, 16:40

    O‘zbekistonlik yosh olimlar Orol dengizi bo‘yida tadqiqotlar olib bormoqda

    20.09.2017, 15:58

    Namanganda bu yil o‘tgan yilga nisbatan 1,5 ming tonna ko‘p baliq yetishtirish rejalashtirilmoqda

    20.09.2017, 15:02

    Alisher A’zamxo‘jayev o‘z missiyasini bajarish uchun Turkiyaga jo‘nab ketdi

    20.09.2017, 14:35

    Toshkentning qayeridan IELTS va ingliz tili yaxshi o‘qitiladigan o‘quv markazini topish mumkin?

    20.09.2017, 14:25

    “O‘zekspomarkaz”da xalqaro UzMedExpo – 2017 tibbiyot ko‘rgazmasi ish boshladi

    20.09.2017, 14:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Uy oldi-sotdisini naqdsiz shaklga o‘tkazmoqchimiz” — Mubin Mirzayev

    O‘zbekiston | 29 iyun, 23:05

    Ozarbayjon Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari tashrifini bekor qildi

    Dunyo | 29 iyun, 23:00

    “Nasiya bozorini davlat tomonidan tartibga solish rejalashtirilgan” — Timur Ishmetov

    Iqtisodiyot | 29 iyun, 22:30

    Superliga. “Buxoro” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 29 iyun, 22:15

    Eron MAGATE rahbari uchun yadroviy obyektlarga kirishni yopdi

    Dunyo | 29 iyun, 22:00

    Roberto Badjoning noaniq zarbasi, Messi va Suaresning kutilmagan yurishi. Futboldagi penalti qoidasi haqida

    Futbol | 29 iyun, 21:42

    “Komadagi Oliy Majlisni tiriltirish kerak” — Hamid Sodiq davlatning tashqi bosimlarga dosh berishida parlament o‘rni muhimligini aytdi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 21:25

    Superliga. “Bunyodkor” dramatik o‘yinda “So‘g‘diyona” ustidan g‘alaba qozondi

    Sport | 29 iyun, 21:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.