Moskvada bezorilik va tan jarohati yetkazishda ayblangan qiz va yigit hibsga olindi. Bu haqda “Moslenta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, 22 yoshli talaba ma’shuqasining talabiga binoan qiz bilan ilgari uchrashib yurgan yigitga hujum qilgan. Talaba bolta bilan raqibining boshiga 11 ta zarba bergan, so‘ng uning mobil telefonini olib, voqea joyini tark etgan. Jabrlanuvchi tirik qoldi, uni ko‘plab tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizishdi.
So‘roq chog‘ida qiz aybini tan olmadi. Ammo u boltani oldindan sotib olgani va sobiq yigitining telefonini o‘g‘irlashni rejalashtirgani ma’lum. U gadjetdagi yozishmalarini o‘chirib tashlab, so‘ng uni sotib yuborishni rejalashtirgan.
Izoh (0)