Keles shahridagi kompyuter klublaridan birida pichoqlashish bilan bog‘liq voqea qayd etildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB ma’lum qildi.
“Toshkent tumanida 17-sentabr kuni soat 15:00 larda 1996-yilda tug‘ilgan Akmal Hoshimov Keles shahri Mahmud Koshg‘ariy ko‘chasida joylashgan ‘Anvar-Abror-Savdo’ MChJga qarashli kompyuter klubida o‘zaro janjallashib, 1991-yilda tug‘ilgan Hasan Teshaboyevni ko‘krak qafasi oldi o‘ng tomoniga ikki marotaba osh pichog‘i bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan”, — deyiladi xabarnomada.
Akmal Hoshimov ushlandi. Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)