Ispaniya fuqarolik gvardiyasi 20-sentabr kuni o‘tkazilgan tintuvlar chog‘ida Kataloniyaning ajralib chiqishi bo‘yicha referendumga mo‘ljallab tayyorlangan 10 milliondan ortiq byulletenlarni aniqladi va musodara etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, byulletenlar Kataloniyaning Biges-i-Riyels shaharchasidagi tipografiyadan topilgan. Huquq-tartibot organlari vakillari, shuningdek, tipografiyaning ikki xodimini hibsga oldi.
20-sentabr kuni Ispaniya fuqarolik gvardiyasi Kataloniya hukumatining bir necha departamentlarida tintuvlar o‘tkazdi. 12 kishi ushlandi, ular orasida Kataloniya iqtisodiy va soliq idoralari rahbarlari, boshqa departamentlar xodimlari bor.
Izoh (0)