BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida 50 dan ortiq davlat vakillari yadroviy qurolni taqiqlash to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Kelishuvga qo‘shilgan mamlakatlar orasida JAR va Braziliya bor, deb aniqlashtiriladi xabarnomada. Braziliya prezidenti Mishel Temer birinchi bo‘lib hujjat ostiga imzo chekdi. Marosimda o‘nlab davlatlar rahbarlari va tashqi ishlar vazirlari qatnashdi.
Kun davomida Gayana, Vatikan va Tailand ratifikatsion yorliqlarni topshirishi kutilmoqda.
Kelishuv 50 mamlakat tomonidan imzolanib, ratifikatsiya qilinganidan so‘ng 90 kun o‘tib, kuchga kiradi. Unga ko‘ra, ishtirokchilar hech qachon yadroviy qurol ishlab chiqarmaydi va bunday texnologiyalar ustida ishlar olib bormaydi. Shuningdek, ularning hududida boshqa davlatlarning yadroviy qurollari joylashtirilmaydi.
Izoh (0)