AQSh prezidenti Donald Tramp Eronni “yakkamohov mamlakat” va “korrupsiyaga botgan diktatura” deb atadi. Bu bayonotni u Nyu-Yorkda o‘tayotgan BMT Bosh Assambleyasining umumsiyosiy debatlari chog‘ida berdi, deb xabar qiladi “Gazeta.ru”.
“Eron hukumati o‘zining korrupsiyaga botgan diktaturasini yolg‘on diktatura bilan xaspo‘shlashga urinmoqda”, — dedi Tramp.
AQSh yetakchisi Eron hukumati “boy tarix va madaniyatga ega gullab-yashnayotgan mamlakatni” “iqtisodiy zaiflashgan yakkamohov mamlakat”ga aylantirganiga urg‘u berdi.
Shuningdek, Tramp Eronda “ommaviy qotilliklarga erkin chaqiriladigan, har qadamda ‘Amerikaga o‘lim’ va ‘Isroil yo‘q qilinishi kerak’ deb qichqiradigan” rejim hukmronligini aytib o‘tdi.
Izoh (0)