Dunyoning 142 mamlakati, shu jumladan, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiya BMTning isloh qilinishini qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘ldi, deb yozadi “Interfaks” BMT huzuridagi Amerika diplomatik missiyasi saytiga joylangan rasmiy hujjatga tayanib.
Deklaratsiyani imzolagan davlatlar BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni islohot jarayoniga rahbarlik qilishga chaqirdi. O‘nta banddan iborat hujjatda, xususan, tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlash zaruriyati haqida, shuningdek, ular o‘rtasidagi muvofiqlikni yaxshilash bo‘yicha turli chora-tadbirlar haqida aytiladi.
Rossiya BMTni isloh qilish bo‘yicha jarayonda qatnashishdan bosh tortdi. Bu haqda Davlat dumasining xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Leonid Slutskiy jurnalistlarga ma’lum qildi.
Izoh (0)