Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyalik senatorlar Rossiyada 10-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan hududiy saylovlarga AQSh aralashganligi holatlarini aniqladi, deb yozadi Meduza. Bu haqda Federatsiya Kengashining davlat suvereniteti va Rossiya ichki ishlariga aralashuv oldini olish komissiyasi rahbari Andrey Klimov ma’lum qilgan.

Foto: “Abnews.ru”

Foto: “Abnews.ru”

Uning da’vo qilishicha, “Rosfinmonitoring” AQSh hudud rahbari saylovlarida muayyan nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiyaga pul jo‘natgani haqidagi dalillarni taqdim etgan.

Klimov, shuningdek, pullar Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lgan, “chet el agentlari haqidagi qonun bo‘lmagan” mamlakat orqali o‘tkazilganini aytdi. “RBK” manbalari bu mamlakat Qozog‘iston ekanligini ta’kidlamoqda.

Shu bilan birga, Klimov pullarni qabul qilib olgan aniq bir kompaniya yoki nomzodlar ismini aytmadi.

Rossiyadagi saylovlarga bunday ta’sir o‘tkazish oldini olish uchun Klimov nomzodlarning qo‘sh fuqarolikka ega rossiyaliklarni vakolatli shaxs etib tayinlashlarini taqiqlashni taklif qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank