Polshaning Mazovets voyevodstvosidagi Xotomuv shahri temir yo‘l stansiyasida bir erkak yuk poyezdini olib qochib ketdi. Bu haqda Mazowieckie Toiowo nashri xabar berdi.
14-sentabr mahalliy vaqt bilan soat 04:00 da yo‘lda turgan sostav kabinasiga kirib kelgan erkak mashinistga tahdid qilib, uni mashinani siljitishga majbur qildi.
Legionovo stansiyasiga yetib borgach, poyezd o‘g‘risi lokomotivni tark etdi, mashinist esa politsiyaga murojaat qildi. Bir muddatdan so‘ng gumondor ushlandi. 35 yoshli erkakning ism-familiyasi ma’lum qilinmayapti.
Shifoxonada gumondorning qonida alkogol yoki narkotik modda bor-yo‘qligi tekshirildi. Hozirgi paytda u bilan tergovchilar ishlamoqda.
Izoh (0)