Gollivudning mashhur kinoaktyori, o‘zining jangari filmlari bilan muxlislar og‘ziga tushgan Stiven Sigal o‘zining Instagram sahifasida O‘zbekiston borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
https://www.instagram.com/p/BY8Ha0fD7Xc/
Aykido sport turi bo‘yicha 7-dan sohibi hisoblangan Sigal O‘zbekiston haqida juda iliq fikrlar bildirgan. Madaniyat va san’at institutiga tashrifi va talabalar bilan uchrashuvi, “O‘zbegim” festivalidagi ishtiroki, O‘zbekiston tarixi haqida hikoya qiluvchi kitob taqdimoti unda chuqur taassurot qoldirganini bayon qilgan. Shuningdek, mamlakatni “chuqur va boy tarixga ega”, deb yozgan.
Sigalning aytishicha, u “Bunyodkor” stadionida o‘tgan Asian Fight sport turnirida ishtirok etishni juda istagan. Biroq unga bog‘liq bo‘lmagan noma’lum sabablar tufayli kinoaktyorga musobaqaga borishga ruxsat berilmagan va u ortga qaytib ketgan. Bu so‘zlarni Stiven chuqur afsus bilan bayon qilgan.O‘zbekistonda ham qator muxlislariga ega bo‘lgan Stiven Sigal yaqin kelajakda bu mamlakatga qayta tashrif buyurish niyati borligi haqida yozdi. Bunda u fanatlari bilan uchrashish va ajoyib mamlakat haqida yanada ko‘proq bilish istagi borligini bildirdi.
Avvalroq Stiven Sigalning nima sababdan Asian Fight turnirida ishtirok etmagani tashkilotchilar tomonidan ochiqlanmagan, iddaoda uning “Bunyodkor”ga kelishi va’da qilinmagani ro‘kach qilib o‘tilgandi.
Izoh (0)