RM Sotheby’s auksion uyi noyob Ferrari 365 GTB/4 Daytona Berlinetta Alloy by Scaglietti mashinasini 1,8 million yevroga sotdi. Sotuvlar sentabr boshida Forano poyga trassasida Leggenda e Passione tadbiri doirasida uyushtirildi. Tadbir Ferrari’ning 70 yillik yubileyiga bag‘ishlandi, deb xabar beradi Motor nashri.
Sotilgan avtomobil “Daytona” poyga modelining umumiy foydalanish yo‘llari uchun sertifikatlangan yagona nusxasidir. U alyuminiy kuzov panellariga ega, saloniga esa qora teridan ishlov berilgan. Mashina 36,4 ming kilometr yo‘l bosgan.
Chidam poygalari uchun jami besh avtomobil yasalgan edi. 365 GTB/4 modelining umumiy adadi 1200 mashinadan iborat bo‘ldi. Sportkar 1969–1973-yillar orasida ishlab chiqarilgan edi.
Izoh (0)