16 yil muqaddam, 11-sentabr kuni AQShda mamlakat tarixidagi eng dahshatli terakt amalga oshirildi.
2001-yilning shu kuni “al-Qoida” terrorchi guruhi jangarilari to‘rt fuqarolik aviatsiyasi samolyotini egallab oldi. Ulardan biri Nyu-Yorkdagi mashhur Butunjahon savdo markazining shimoliy minorasiga urildi. Ikkinchisi majmuaning ikkinchi minorasiga hujum qildi.
Uchinchi layner Pentagon binosiga kelib soldi, to‘rtinchisi esa yo‘lovchilar terrorchilarga qarshilik ko‘rsatgani bois Pittsburg yaqinida (Pensilvaniya shtati) quladi.
Hujumlar oqibatida 2977 kishi halok bo‘ldi. Ularning mutlaq ko‘pchiligi oddiy fuqarolar edi.
Ushbu fojia yuz minglab insonlar taqdirini o‘zgartirib yubordi, AQShning keyingi tashqi siyosatini belgilab berdi, shuningdek, haligacha muhokama qilinmoqda, jurnalistik tadqiqotlar, badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shu munosabat bilan “Gazeta.ru” maxsus fotogalereya tuzib chiqdi.
Izoh (0)