Daniyaning o‘yinchoq ishlab chiqaruvchi Lego kompaniyasi 13 yildan beri birinchi marta sotuvlar hajmi qisqarganini bildirdi. Bu haqda Insider Pro xabar berdi.
Birinchi yarim yillik yakunlariga ko‘ra kompaniya daromadi 3,4 milliard kronani (544 million dollar) tashkil qildi. Bir yil oldin bu ko‘rsatkich 3,5 milliard kronaga teng bo‘lgan edi.
O‘z navbatida, tushum 5 foizga kamayib, 14,9 milliard kronani (2,39 milliard dollar) tashkil etdi. O‘tgan yili ko‘rsatkich 15,7 milliard kronaga teng bo‘lgan edi.
Tushumning qisqarishi 2004-yildan beri ilk marotaba kuzatilmoqda.
“Biz o‘z biznesimizni qayta ishga tushirish tugmalarini qidirmoqdamiz. Bu degani, kichikroq va soddaroq kompaniya tuzamiz, bu biznes-modelni osonlashtirish imkoniyatini beradi”, — ma’lum qildi kompaniya vakili.
Bu chora doirasida Lego yil oxiriga qadar 1,4 ming kishini, ya’ni xodimlarining 8 foizini qisqartiradi.
Izoh (0)