AQShning janubiy shtatlarida ulkan vayronagarchiliklar keltirgan “Xarvi” to‘fonidan bir necha kun o‘tib Qo‘shma Shtatlar sohillariga soatiga salkam 200 kilometr tezlik bilan “Irma” dovuli yaqinlashmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” ma’lum qildi.
Mamlakat milliy dovul markazi unga besh balli o‘lchov bo‘yicha 4-darajani berdi.
5-sentabr, seshanbada kun davomida Karib orollari, jumladan, Puero-Rikoda kuchli jala kutilmoqda. Dovulning aniq yo‘nalishini meteorologlar aytib berolmadi, biroq 9-sentabr, shanba kuni Florida janubiga yetib borishi taxmin qilinmoqda.
Mazkur shtatda, Puerto-Rikodagi kabi, favqulodda holat e’lon qilindi.
Izoh (0)