AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan muloqotda Seulga “ko‘p milliard dollarli” qurol-yarog‘ yetkazib berilishini ma’qulladi. Bu haqda Oq uy bayonotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Tramp Janubiy Koreya tomonidan ko‘plab milliard dollar evaziga qurol-yarog‘ va anjomlar xarid qilinishini ma’qulladi”, — deyiladi bayonotda.
Shuningdek, Oq uy AQSh prezidenti Janubiy Koreyada joylashtiriladigan jangovar kallaklar vazniga cheklovlar olib tashlanishiga rozilik berganini ham tasdiqladi.
Izoh (0)