Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektori 450 dollar pora olayotganda ushlandi, deya xabar bermoqda “1news.uz” “Postda” nashriga tayanib.
Toshkentlik fuqaro haydovchilik huquqidan 2 yilga mahrum etilgan tanishiga haydovchilik guvohnomasini tez muddatda qaytarib olishda IIB vakilidan yordam so‘raydi.
Inspektor haydovchilik guvohnomasini muddatidan oldin tiklab berish evaziga 450 dollar pora talab qiladi.
Yo‘l harakati xavfsizligi rasmiysi ko‘rsatilgan miqdordagi pulni olayotganda qo‘lga tushirilgan.
Izoh (0)