Roberto Martines murabbiylik qilayotgan Belgiya terma jamoasi 2018-yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Bu yo‘lda belgiyalik futbolchilar Gretsiyaga safar etib, 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozondi. Tomonlarning Belgiyada o‘tgan o‘yinida 1:1 hisobi qayd etilgan bo‘lib, Martines shogirdlari shundan boshqa barcha uchrashuvda zafar quchgan, 6 ta bellashuvda yirik g‘alabalarga erishgandi.
Oldindagi 2 ta tur amalda hech narsani o‘zgartirmaydi. Bosniya va Gretsiya terma jamoalari esa pley-offga yo‘llagma beruvchi 2-o‘rin uchun kurashni davom ettiradi. Belgiyaga qadar Yevropaning hech bir mamlakatiga Rossiya—2018 chiptasi nasib qilmagandi.
Bungacha mezbon Rossiyadan tashqari Braziliya, Eron, Yaponiya va Meksika termalari Jahon Chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgandi.
Estoniya — Kipr 1:0
Gol: Mattias Kyayt, 90+2 (1:0).Gretsiya — Belgiya 1:2
Gollar: Yan Vertongen, 70 (0:1). Zeka, 73 (1:1). Romelu Lukaku, 74 (1:2).Gibraltar — Bosniya 0:4
Gollar: Edin Jeko, 35 (0:1). Kenan Kodro, 65 (0:2). Senad Lulich, 83 (0:3). Edin Jeko, 85 (0:4).Kecha, shuningdek, xorvatlar joy olgan guruhda ham 1 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Zagrebdagi kuchli yomg‘ir sabab Kosovoga qarshi o‘yin 1 kun keyinroqqa surilgandi. Unda mezbonlar qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi va Ukrainadan o‘zib, guruh peshqadamligini qaytarib oldi.
JCh—2018. Saralash “I” guruhi. 8-tur 3-sentabr, yakshanba
Izoh (0)