Xitoyning CASIC (China Aerospace Science and Industry Corporation) aerokosmik korporatsiyasi soatiga 4 ming kilometr tezlik bilan yuradigan poyezdlarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Sina.com” nashri xabar bermoqda.
HyperFlight transport tizimi magnit yostig‘idagi poyezd bo‘lib, past vakuumli tunneldan harakatlanadi.
HyperFlight loyihasida 20 dan ortiq mahalliy va xorijiy institut ishtirok etadi.
Ayni paytda CASIC qo‘lida ushbu transport tizimining yaratilishida asqatadigan 200 dan ortiq patent mavjud.
Izoh (0)