2017-yilning 21—31-avgust kunlari avval Bishkek, so‘ngra Toshkent shaharlarida O‘zbekiston—Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Ushbu muzokaralar O‘zbekiston Respublikasi Hukumat delegatsiyasi ishchi guruhi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumat delegatsiyasining topografiya va yer tuzish ishchi guruhi o‘rtasida o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda chegaraning umumiy uzunligini 80 foizini tashkil etuvchi Kelishilgan qism bo‘yicha O‘zbekiston—Qirg‘iziston Davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnoma loyihasi muhokama qilindi va kelishildi hamda davlatlararo hujjatga tegishli ilovalar tayyorlandi.
Izoh (0)